Sirdaryo viloyatida sayyor qabul tashkil etildi

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i X.Bobonov va daxldor tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida Shirin shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Sayyor qabulda Shirin shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda "Sirdaryo IES" AJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, muammolarga yechim topish barobarida, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.