Qozog‘iston Respublikasida qutqaruv kuchlarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan “Jer-2023” Xalqaro qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi va “Kazspas” qutqaruv yig‘in-seminari o‘tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston Respublikasida qutqaruv kuchlarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan “Jer-2023” Xalqaro qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi va “Kazspas” qutqaruv yig‘in-seminari o‘tkazilmoqda. Mazkur qutqaruv musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari ham Vengriya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘istonlik hamkasblari bilan faol ishtrok etishmoqda. Eslatib o‘tamiz musobaqalar 20-sentabrga qadar davom etadi.