FVV Akademiyasi va Shaxrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyiga o‘qishga kirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari

Sirdaryo viloyatida FVV Akademiyasi mas’ul xodimlari tomonidan maktablarning bitiruvchi 9 va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida o‘qishga kirish tartibi, yaratilgan shart-sharoitlar, nomzodlarni saralash bosqichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kasbga qiziqtirish maqsadida FVV akademiyasi va harbiy-akademik litsey faoliyati aks etgan videoroliklar namoyish etildi.