Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari bilan amaliy mashqlar o‘tkazildi

Joriy yilning 22-23-fevral kunlari Fuqaro muhofazasi institutida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari uchun favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga tayyorgarlik mashqlari o‘tkazildi. Mashqlarda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchi o‘rinbosari Djeyms Rod-Mur ishtirok etib, elchixona xodimlari bilan birgalikda turli hususiyatli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmasini oshirdi.

Elchi o‘rinbosari Djeyms Rod-Mur tomonidan tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazilganligi alohida e’tirof etilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqaro muhofazasi institutiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.