“Navoiyazot” AJda amaliy taktik-o‘quv mashqi o‘tkazildi

Navoiy viloyati FVB boshchiligida “Navoiyazot” Ajda faoliyat olib borayotgan soha vakillarining jismoniy tayyorgarligi va amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazish maqsadida amaliy taktik-o‘quv mashqi tashkil etildi.

 

O‘quv mashqi davomida maxsus tuzilmalar bilan birga vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelgan avariyalarni qisqa fursatlarda betalofat bartaraf etishi,  jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi, shuningdek, ishchi va xizmatchilarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilindi.