Xotin-qizlar o‘rtasida "Zakovat" intellektual turniri o‘tkazildi 

Joriy yilning 24-fevral kuni “8-mart – Xalqaro xotn-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat”  intellektual turnirining Toshkent shahridagi hududiy bosqich o‘yini bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur turnir “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi orasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish, gender tengligini ta’minlash, yurtimizda xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda ularning intellektual qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

 

Turnirda mulkchilk shakllaridan qat’iy nazar barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar xotin-qizlaridan iborat 104 ta jamoalar bellashdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi xotin-qizlaridan iborat “Qutqaruvchilar” jamoasi ham ushbu turnirda faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini namoyish etdilar.