Andijon viloyatida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasidagi tadbirlar

Mazkur tadbir doirasida viloyat hududida FVB xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda keng jamoatchilikni jalb qilgan holda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, tadbir davomida aholi yashash  xonodonlari, odamlar ko‘p yig‘iladiga maskanlar, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari orqali aholiga yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish va to‘g‘ri harakat qilish tartibi bo‘yicha tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.