Yoshlarga sertifikatlar topshirildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi FVB “Hayot xavfsizligi o‘quv markazi”da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan Nukus shahri 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida o‘quv kursi tashkil etildi. O‘quv kursiga jami 19 nafar yoshlar qatnashib, ular yong'in va favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish, is-gazidan zaharlanishning oldini olish, hayot xavfsizligi faoliyati hamda birinchi tibbiy yordamni ko'rsatish borasida bilim va malakalarini oshirdi. O‘quv kursi yakunida yoshlarga "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi targ'ibotchisi" nomli sertifikatlar topshirildi.