⚡️"Qamchiq" dovonidagi vaziyat

#online

🔰Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘moqda. FVV, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatilmoqda. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.

💢Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.