Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida “Biz korrupsiyasiz kelajak quramiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2024-yil 23-fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida Toshkent harbiy prokurorining katta yordamchisi va  vazirlik mas’ul xodimi tashrifi daoirasida harbiy xizmatchi va xizmatchilari bilan “Biz korrupsiyasiz kelajak quramiz” mavzusida korrupsiya holatlari sodir etilishini oldini olish, harbiy jinoyatlar, huquqbuzarliklar, qonun buzilishi va, harbiy intizomni mustahkamlash, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Toshkent harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya polkovnigi Ro‘zmetov Kamoliddin Xudoynazarovich xozirgi kunda Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘ti.

Vazirlik shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bosh inspektori podpolkovnik Ganchev Anvar Nazirovich Vazirlik tizimida korrupsiya holatlarini sodir etilishini oldini olish, harbiy jinoyatlar, huquqbuzarliklar, qonun buzilishi va harbiy intizomni mustahkamlash borasida olib borilayotgan profilaktik ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Davra suhbati yakunidan shaxsiy tarkib o‘zlarini qiziqtirgan savollariga aniq taxliliy misollar ko‘rgazmali video roliklar shaklida javoblar olishdi.