Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazani tashkil etish boshqarmasi tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazani tashkil etish bo‘limlari boshliqlari bilan o‘tkazilayotgan o‘quv yig‘ini doirasida joriy yilning 23 fevral kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “HIGWAY LOGISTICS CENTER” MChJ bojxona omborida “Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni xavfsiz saqlash tartibi va belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etish shartlari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

O‘quv seminarida tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 6 noyabrdagi “Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarorining mazmun mohiyati, mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tartibi hamda kimyoviy moddalarni saqlash omborining yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etish shartlari tushuntirildi.