Murojaat yuzasidan… 

Barchamizga ma'lumki, yog'ingarchilik mavsumida respublikamizning tog'li va tog'oldi hududlarida sel, suv toshqini, yer va qor ko'chish hodisalarining yuzaga kelish xavfi yuqori bo'ladi. Yakkabog' tumani Qo'shchinor mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaatlariga ko'ra, yillar davomida yog'ingarchiliklar sabab daryo qirg'og'ini sel suvlari yuvib ketishi oqibatida 11 ta xonadonga xavf solib turgan. 

 

Murojaat yuzasidan, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tegishli soha mas'ullari tomonidan yuqoridagi manzilga barcha zarur kuch-vositalarni jalb etgan holda, daryo qirg'oqlarining qariyb 100 metr qismida rostlash va mustahkamlash ishlari olib borildi.