"NKMK" AJda profilaktik tadbirlar o'tkazildi

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ va "Navoiyuran" DK obyektlarida yong'in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan "NKMK" AJga qarashli avtobaza ishchilari bilan yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha ko‘rgazmali tushuntirish ishlari amalga oshirilib, barcha ishchilarga mavzuga doir yo‘riqnomalar tarqatildi.