Moddiy-texnik ta’minot yo‘nalishi va texnik ishlab chiqarish markazlari harbiy xizmatchilari ishtirokida kengaytirilgan o‘quv-seminari

Bugun, 22-fevral kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.Djurayev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi,  Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida, FVV Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarda Moddiy-texnik ta’minot yo‘nalishi va texnik ishlab chiqarish markazlarida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilarning kasb mahorati va bilimlarini oshirishga qaratilgan kengaytirilgan o‘quv-seminari boshlandi.

O‘quv seminaridan ko‘zlangan maqsad - hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarda moddiy-texnik ta’minot sohasiga mas’ul xodimlarning kasb mahorati va bilim saviyalarini oshirish, ijro hamda xizmat intizomini yaxshilash, shu bilan birga joylardagi dolzarb muammolarning bosqichma-bosqich yechimini topish, tizimda moddiy-texnik bazani rivojlantirish, takomillashtirish va samaradorligini oshirish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonuniylikni ta’minlash va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Seminar davomida mutaxassislarga zarur tavsiya hamda tushuntirishlar berilib, ularning sohaviy bilim-malakalari yanada oshirilmoqda.

O‘quv-seminari 24-fevral kuniga qadar davom etadi.