Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 59-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 59-sessiyasi kun tartibida "Andijon viloyatida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash, jumladan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal etishga doir takliflar" masalasi kiritilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, muammolar va ularni hal etishga doir taklif va mulohazalar ilgari surildi.

 

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik B.M.Ashurov bildirgan takliflar sessiya a'zolari tomonidan bir ovozdan ma'qullandi va bu kabi masalalar xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarida ham ko‘rib chiqilishi belgilandi.