Boshqarma boshlig‘ining kubogi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi

Kuni kecha, Toshkent viloyati Favaqulodda vaziyatlar boshqarmasida sportning Voleybol va Stol tennisi turi bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning barcha shahar, tuman FV hamda Obyektlarda yong‘in xavfsizligini taminlashni tashkil etish bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, “Voleybol” sport turi bo‘yicha 3-o‘rinni Bekobod shahar FVB jamoasi, 2-o‘rinni boshqarma jamoasi egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rin “Ammofos - Maksam” AJ Obyektlarda yong‘in xavfsizligini taminlashni tashkil etish bo‘limi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Sportning “Stol tennis”i turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bellashuvda 3-o‘rinni “Ammofos - Maksam” AJ Obyektlarda yong‘in xavfsizligini taminlashni tashkil etish bo‘limi jamoasi, 2-o‘rinni Bekobod shahar FVB jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni boshqarma jamoasi egalladi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, esdalik sovg‘alari va kubok bilan taqdirlandilar.