Jangovar shaylik – favqulodda vaziyatlarda harakatlanishda muhim omil!

Xorazm viloyati FVB tomonidan Urganch davlat universitetida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

Mazkur o‘quv mashqi davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda universitet fuqaro muhofazasi tuzilmalari va talabalarining amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Bunda yong‘in yoki boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar kuzatilganida sarosimaga tushib qolmaslik, o‘zlari va o‘zgalar hayotini asrashda to‘g‘ri harakatlanish qoidalari amaliy tarzda bajarilib, fuqarolarning favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi sohasidagi bilim-ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.