TARG‘IBOT – TASHVIQOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida kadrlar salohiyatini yanada takomillashtirish va yoshlarni qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Jumladan, joriy yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Andijon harbiy prokuraturasi hamkorligida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Andijon shahar 2-kichik dahadagi 11-, 13-, 41-, 43 va 50-son, Andijon tumani Sanoat MFYdagi 17-, 20-, 33-, 47 va 48-son hamda Damariq MFYdagi 14-, 15-, 16-, 49- 51 va 53-son umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga qabul qilish tartibi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. 

Targ‘ibot-tashviqot ishlariga 350 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar jalb etilib, ularga mutaaxasislar tomonidan o‘qishga saralab olish va qabul qilish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar, shuningdek, yaratilgan shart-sharoitlar, bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. 

Tadbir doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi faoliyatini yoritib beruvchi taqdimotlar, videorolik namoyishi o‘tkazildi hamda va bukletlar tarqatildi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida ta’lim maskanlari bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda 

O‘quvchilarda Vatanga muhabbat, burchga sadoqat, qonunga rioya etish jihatlarini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tushuntirib o‘tilmoqda. 

Ushbu tadbir, shijoaatli yoshlarni sharafli va mashaqqatli qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga sabab bo‘ldi va mazkur targ‘ibot tadbirlari joylarda faol davom ettirilmoqda.