Energetika obyektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni bartaraf etish mavzusida o‘quv mashqi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘isto Respublikasi FVB boshchiligida “Taxiatosh IES” AJning Obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi ishtirokida mazkur obyektni yong‘indan muhofaza qiluvchi Yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi tomonidan obyektning maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

 

O‘quv mashqi davomida maxsus tuzilmalar bilan birga vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelgan avariyalarni qisqa fursatlarda betalofat bartaraf etishi shuningdek ishchi va xizmatchilarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilindi.