Muddatli harbiy xizmatchilar imtiyozli tavsiyanoma uchun test topshirdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilarini oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun qo‘mondonlik tomonidan beriladigan tavsiyanomalar uchun imtihonlar o‘tkazildi.  

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlar qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozli tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.