Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoshlar bilan manzilli ishlarni tashkil etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan 500 ming nafar yoshlar bilan manzilli ishlarni tashkil etish bo‘yicha Vazir o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev tomonidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Videoselektor shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mahallalarga biriktirilgan masullar ishtirok etdi. Yig‘ilishda otaliqqa olingan yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan rahbarlarning maruzalari eshitildi, taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

 

Vazir o‘rinbosari tomonidan ustuvor vazifalar hamda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini ta’minlashga qaratilgan muhim topshiriqlar berilib, joriy yilning 21-fevral kunidan Respublika ishchi guruhi tomonidan joylardagi ishlar o‘rganilishi, bu borada har bir rahbar shaxsiy mas’uliyat ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi.