Samarqand viloyati FVBda seminar yig‘ilishi tashkil etildi

Samarqand viloyati FVB tomonidan viloyat hududida radiatsion, kimyoviy va tibbiy, biologik muhofazani tashkil etish yo‘nalishidagi chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlash hamda nazorat qilish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi maxsus texnikalar, shaxsiy himoya vositalari, radiatsion va kimyoviy o‘lchov vositalaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.