Namangan muxandislik qurilish institutida tungi yong‘in o‘chirish amaliy-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha, Namangan viloyati FVB tomonidan Uychi tumanida joylashgan Namangan muxandislik qurilish instituti talabalar yotoqxonasida tungi vaqtda yong‘in o‘chirish amaliy-taktik mashqi o‘tkazildi.

 

Unda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda insonlarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va yong‘inlarni bartaraf etish borasida shaxsiy tarkib, tumandagi maxsus xizmatlar va navbatchi ishchi xodimlarning shayligi hamda o‘zaro hamkorlikda harakatlari tekshirildi. O‘quv mashqi yakunida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, ishtirokchilarga zarur tavsiyalar berildi.