Favqulodda vaziyatlar vaziri A.X.Qoʻldoshev rahbarligida "Qamchiq" dovonida Respublika idoralararo Shtabining tezkor yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda harakat qilishga bag‘ishlangan ushbu idoralararo yigʻilishda Ichki ishlar vazirligi, "Qamchiqavtoyoʻl" IYFUK, "Oʻzbekiston temiryoʻllari" AJ va boshqa FVDT tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar ishtirok etdi.

Unda dovonda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, qishki qarov ishlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, mutasaddilarga transport vositalarining barqaror va xavfsiz harakatini ta’minlash, xavfli uchastkalarga alohida eʼtibor qaratish boʻyicha topshiriqlar berildi va tashkiliy - texnik choralar belgilandi.