Buxoro viloyatida qish mavsumida ko'ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Buxoro viloyatida  aholiga sovuq kunlarda uzluksiz issiqlik ta'minotini tashkil etish maqsadida Buxoro shahridagi RK-2 qozonxonasida viloyat hokimligi, FVB, IIB, LUOK OBYoXTTE Markazi bilan  hamkorlikda FVDT xizmatlarining saf ko'rigi o'tkazildi. Tadbir davomida soha mas'ullari tomonidan aholi xonadonlarida is gazidan zaxarlanish, yong'inlarning oldini olish borasida yo'riqnomalar tarqatildi. 

Shuningdek, sovuq havo sharoitida issiqlikni bir maromda yetkazilishi va ko'ngilsiz holatlarning oldini olish va bunday vaziyatlar ro'y berganda to'g'ri harakat qilish bo'yicha amaliy-taktik mashqlar o'tkazildi.