14-fevral — buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Sana munosabati bilan favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatida oʻtkazilgan  ma'naviy ma'rifiy tadbirga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fatima Rejametova, soʻz ustasi Valijon Shamshiev hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti, shuhrat medali sohibasi Ziyoda Gʻafforovalar tashrif buyurishdi.

Adabiyot va ilm-maʼrifat tadbirida Zahiriddin Muhammad Boburning  keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgani, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qozongani, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlarini xayratda qoldirgani. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatning eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, aruz haqidagi risolalalari esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshilgani boʻyicha bebaho ilmiy va ma'naviy-madaniy merosi toʻgʻrisida ma'lumotlar berildi.