Mirzaobod tumanida "Yoshlar va qutqaruvchilar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyati FVB rahbariyati, Guliston harbiy prokuraturasi va viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchi yoshlar, harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar hamda qutqaruvchilar ishtirok etdi. Unda yong‘in-quqtaruvchilar tomonidan maxsus texnika va uskunalar, ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish istagini bildirgan yoshlarga Favqulodda vaziyatlar vazirlgi Akademiyasiga o‘qishga kirish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.