Qoraqalpog‘istonda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari

Qoraqalpog'iston Respublikasida FVB boshlig'i podpolkovnik Azamat Davletov tomonidan tizimga biriktirilgan 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularda vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qardiyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Nukus shahrida joylashgan Shimoliy-g'arbiy harbiy okrugida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida yong'in-qutqaruv texnikalari, asbob-anjomlarining ko'rgazmali namoyishi hamda muzeyga sayohat tashkil etildi. Tadbir so‘ngida yoshlarga tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor o'yinlarining ayanchli oqibatlarini ko'rsatib beruvchi "Azart aqibeti" ("Azart oqibati") filmi namoyish etildi.