Shu soatlarda Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida jadal profilaktika ishlari olib borilmoqda. Xususan, maxsus texnikalar yordamida yo‘l qordan tozalanib, muzlashning oldini olish maqsadida yo‘l yuzasiga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda. Vaziyat toʻliq nazorat ostida, dovonda harakat ikki tomonlama.