Surxondaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

Surxondaryo viloyati FVB xodimlari oʻrtasida "Biz korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik" mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazilib, unda boshqarma rahbariyati va shaxsiy tarkibi hamda Termiz Harbiy prokuraturasi mas'ul xodimi, IIB xodimlari ishtirok etdi.   

 

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-moxiyati, shaxsiy tarkibning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ushbu harakatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida tushuntirish ishglari olib borildi.

 

Shuningdek, xizmat intizomini mustaxkamlash, shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilishi mumkun bo‘lgan turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklar va yo‘l transport hodisalarining oldini borasida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.