Hurmatli fuqarolar!

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 16-18 fevralda respublikavning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. 18-19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

💢Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida,  isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi.