Sirdaryoda maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyati FVB rahbariyati va FVV mas’ul xodimi boshchiligida Boyovut tumanida qutirish kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida FVDqT xizmatlari ishtirokida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida uy hayvonlarini saqlash, parvarish qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qutirish kasalligiga qarshi rejali emlash chora-tadbirlari ko‘rgazmali tarzda ishtirokchilarga tushuntirildi. Shundan so‘ng, tuman tibbiyot birlashmasida hayvonlardan jarohatlangan fuqarolarga antirabik tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari amalda ko‘rsatib berildi.