Sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

Kuni kecha, Navoiy viloyatida Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha viloyat “Dinamo” chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi xodimlari ishtirok etib, jamoaviy hisobda faxrli 1-o‘rinni egalladi.