Qashqadaryo viloyatida ma’naviy tadbir o‘tkazildi

"Haq yo'linda kim sanga harf o'qutmish bir ranj ila, Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganch ila"

 

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur – maʼrifatparvar davlat arboblari” mavzusida Qashqadaryo viloyati FVB hamda viloyat kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda "Ajdodlarga munosib bo'lmoq – sharaf!" shiori ostida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida harbiy xizmatchilardan iborat havaskorlik guruhi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga mansub asarlar talqinida sahna ko'rinishlari, g'azal va ruboiylar bilan harbiy xizmatchilar va kelajagimiz porloq yulduzi bo'lmish yoshlarga yuqori ko'tarinki kayfiyat ulashdilar.

 

Shu bilan birga, qiziquvchan yoshlar uchun maxsus texnika hamda asbob-anjomlarning ko‘rgazmali namoyishi o‘tkazildi.