Navoiy viloyatida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi tadbirlari davom etmoqda 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq keng jamoatchilikni jalb qilgan holda o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Navoiy viloyati Xatirchi tumani FV bo‘limi xodimlari hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari, ta'lim muassasalarida, aholi yashash  xonodonlarida ham keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda. Tadbir davomida aholiga yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish va to‘g‘ri harakat qilish tartibi bo‘yicha tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.