Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida buyuk shoirning 541 yilligi keng nishonlandi

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan turkum tadbirlar tashkil etildi. 

Dastlab “12 oyga 12 alloma” loyihasi doirasida “Bobur – buyuk shoir va sarkarda” shiori ostida ingliz tilida viktorina o‘tkazildi. 

Shuningdek, “Fevral oyida tug‘ilgan buyuk shoirlar. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur nomli adabiy tadbir rus tilida tashkil etilib, unda o‘zbek adabiyotining buyuk shoirlari hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, g‘azal va ruboiylari litseyning 1-bosqich o‘quvchilari tomonidan rus tilida ijro etildi. 

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.