"Bojxona omborlari faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari"

Toshkent shahar FVB hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxtimizda ish olib borayotgan bojxona ombor mudirlariga "Bojxona omborlari faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

Davra suhbati davomida bojxona ombor mudirlarining ish faoliyatida qanday muammolar tug‘ilayotganligi, omborxonalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun qanday chora tadbirlar ko‘rilishi kerakligi bo‘yicha batafsil ma’lumot va tavsiyalar berildi.