14-fevral – Andijon farzandi shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Sana munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan rassomchilik va tasviriy san’at tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat qiluvchi xizmatchi va harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirok etib, o‘zlarining san’atlari orqali Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini namoyon etdilar. Tadbir so‘ngida iqtidorli yoshlar diplom bilan taqdirlandilar.