Namanganda do‘lga qarshi ishlar mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi

Namangan viloyati FVB boshlig‘i polkovnik Bunyod Egamnazarov dala maydonlaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘ldan himoyalash, do‘lga qarshi ishlar mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda yuqori darajada tashkil etish maqsadida, Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir qilish va boshqarish xizmati va uning ixtiyoridagi hududiy Kosonsoy, Chust va Yangiqo‘rg‘on tuman mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda xizmat shaxsiy tarkibiga mavsumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida texnika xavfsizligi hamda kun tartibiga rioya qilish yuzasidan yo‘riqnomalar berilib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va qo‘shimcha topshiriqlar berildi.