Qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari

Yog‘ingarchilik mavsumida respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel, suv toshqini hodisalarining yuzaga kelish xavfi yuqori bo‘ladi. Ayni maqsadda, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda viloyatning sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlarida mavsum oldi profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.
 
Tadbirlar davomida ishchi guruhlar tomonidan manzilli dastur asosida hududlar o‘rganilib, daryo, soy va kanallar qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.