Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida kadrlar salohiyatini yanada takomillashtirish va yoshlarni qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, FVV Akademiyasi hamda Andijon harbiy prokuraturasi hamkorligida Jalaquduq tumani Navoiy MFYdagi umumta’lim maktablarining 9,-10,-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida FVV Akademiyasi hamda Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga qabul qilish tartibi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.