⚡️FVV harbiy xizmatchilari diqqatiga❗️

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 462-sonli qaroriga (https://lex.uz/docs/3792247) muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berish bo‘yicha tegishli hujjatlarni taqdim etish joriy yilning 10-mart kuniga qadar davom etadi.

🔘Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

🔹yuqori turuvchi rahbariyat nomiga harbiy xizmatchining farzandiga imtiyozli tavsiyanoma berilishi uchun ruxsat so‘raganligi to‘g‘risida bildirgi;
🔹bevosita boshliq (komandir)ning tavsiyanomasi;
🔹SO-ma’lumotnoma;
🔹biografik ma’lumotlar (yaqin qarindoshlar to‘g‘risida ma’lumot);
🔹xizmat faoliyati natijalari bo‘yicha batafsil hisobot;
🔹harbiy xizmatchining va farzandining pasporti hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxalari;
🔹harbiy xizmatchining farzandi maktab (litsey)ni bitiruvchi sinf (bosqich)ini tamomlayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

Hujjatlar Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga taqdim etiladi.