Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan kimyo fanlari doktori (DSc) dotsent Ziyadullayev Odiljon Egamberdiyevich – Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari (o‘quv, ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha) lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O.Ziyadullayev – Chirchiq davlat pedagogika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Odiljon Ziyadullayevga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.