Ko’cha va yo’llarda o’zini tutish qoidalari

Ko’cha va yo’llarda o’zini tutish qoidalari

Piyodalarga yo’lakchalarda va maxsus piyodalar yo’lakchasida yurishga ruxsat etiladi. Bunday joylar bo’lmasa yo’l chekkasida yoki velosiped harakatlanish yo’llarida yurish mumkin.

O’ng tarafdan yoqalab, mashinalar yo’nalishi bo’yicha harakatlan. Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi.

Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismiga yugurib chiqma, transportlar qatnoviga halaqit berma.

Chang’i, g’ildirakchali rolik-konki, skeytbordda faqat to’silgan tomosha bog’larida uch! Yo’lning transport qatnov yo’liga chiqma.

Agar, ko’cha yoki yo’lni kesib o’tish zarur bo’lsa, velosipeddan tushib uni boshqar, skeytbordni qo’lingga olib o’t.

«Piyodalarning harakatlanishi man etiladi» belgisi
«Piyodalar o’tish joyi» belgisi

Ko’cha va yo’llardan o’tish

Ko’cha va yo’llardan o’tish

Yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismini, faqat yer osti o’tish joylari, piyodalar ko’prikchalaridan va «Piyodalarning o’tish joyi» belgisi mavjud joylardan yoki bo’lmasa, o’zingni erkin tutib transport vositalari yo’qligiga ishonch hosil qilib, ko’cha va yo’lni tik perpendikulyar holda kesib o’t.

«Harakatlanish taqiqlanadi» belgisi

 

«Svetofor orqali yo’lda harakatlanishni tartibga solish» belgisi
Svetofor yoki yo’l harakatini tartibga soluvchi yo’l noziri bor joylarda, ko’chadan faqat ularning signali bo’yicha kesib o’t.

Yo’l harakatini tartibga soluvchi vosita yo’q joylarda yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismini transportlarga xalaqit bermasdan, ikkilanmasdan kesib o’t.

Transport ikki tomonlama harakatlanadigan ko’cha oldida to’xtab, chapga qara va transport vositasi bo’lmasa, o’tishni boshla. O’rtasiga borib, o’ngga qara va o’tishda davom et.

Agar yaqin masofada transport vositasi bo’lsa, xavfsiz joyda yoki ko’chaning o’rtasida kutib tur, yo’l bo’shagach harakatni davom etdir.

«Velosipedlarda harakat qilish» belgisi
«Yo’lovchilar harakati» belgisi
 
 

Svetofor signallari

Svetofor signallari
Qizil chiroq yonganda To’xta!
Sariq chiroq yonganda Diqqat qil!
Yashil chiroq yonganda Yur!

TRANSPORT VOSITALARIDA HARAKATLANISH QOIDALARI (JAMOAT TRANSPORTIDA)

TRANSPORT VOSITALARIDA HARAKATLANISH QOIDALARI (JAMOAT TRANSPORTIDA)
                           
Transport vositasiga chiqishda:
  • Transport vositalarini bekatlarda kut, yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqma;

  • Avtobus, tramvay va boshqa transport vositalarida ular batamom to’xtagandan keyin chiq;

  • Jamoat transportiga kirish orqa eshikdan, chiqish esa oldingi eshikdan (agar avtobus uch eshikli bo’lsa, o’rta eshikdan kirish, oldingi va orqa eshiklardan chiqish) amalga oshiriladi;

  • Avtobus, tramvayga ular harakatlangan paytda sakrab chiqma, orqasiga osilma, zinapoyalarida turma.

Jamoat transporti salonida

Salonga kirgan zahoti, o’rtasiga o’tib ket, chiqish maydonchalarida to’xtab turma.

Agar bo’sh joy bo’lsa, uni band et, o’tish joyida turma. Esingda tut! Keksa odamlarga, nogiron va yosh bolali yo’lovchilarga joy ber.

Shovqin qilma va baland ovozda so’zlashma. Haydovchini ishidan chalg’itma. Oynalardan boshingni chiqarma. Agar chiqish bekating yaqinlashib qolgan bo’lsa, avvalroq harakat qilib chiqishga hozirlik ko’r.

Transportdan chiqishda

Transport vositasi batamom to’xtab bo’lgandan so’ng tushib qol. Tramvaydan tushib, transport qatnaydigan joyda turib qolma: o’ng tomonga qara va agar yaqinlashib kelayotgan transport vositasi bo’lmasa, yo’lkadan yur.

Avtobus yo’l-harakati hodisasiga uchraganda

Avtobusdan chiqib ketish uchun eshiklardan, qopqoqli shamollatish tuynuklaridan, halokatdan chiqish uchun mo’ljallangan derazalardan foydalan. Yo’l-transport hodisasidan so’ng sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko’zdan kechir. U qaysi holatda ekanligini bil va shundan so’ng chiqishga harakat qil.

Tramvay yo’l-transport hodisasiga uchraganda

Tramvay salonida sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko’zdan kechir. U qaysi holatda ekanligini aniqlab, tutqichga tegib ketmaslikka harakat qilib sakrab tush, chunki vagon elektr tokida bo’lishi mumkin.

METRO

METRO
Metroga kiraverishda

Aylanma g’ov (turniket) kirish-chiqish joylari orqali bepul o’tishga urinma: bu xavfli (tabaqalarning zarb bilan urishi jarohatga olib kelishi mumkin).

Eskalatorda:
  • Ogoh, xushmuomala va ehtiyotkor bo’l. Shovqin qilma va baland ovozda so’zlashma. Eskalatorda yugurma, uning harakatiga qarshi turma, tutqich hamda zinalarga buyumlarni qo’yma va o’tirib olma. Eskalatorda harakatlanayotganda o’ng tomondan tutqichni ushlab ol;

  • Eskalatordan tushayotganda to’xtab qolma, tiqilinch holat tug’dirma;

  • Tangalar va boshqa mayda jismlarni eskalatorga tashlama.

Platforma
  • Platforma chekkasiga yaqinlashma, belgilangan chegaradan o’tma. Poyezd batamom to’xtamaguncha vagonlar yoniga yaqinlashma.

  • Relsga tushib qolgan narsani o’zboshimchalik bilan tushib uni olma, bekatdagi navbatchini chaqir.

  • Vagonlar o’rtasiga bir inson tushib qolgan bo’lsa mashinist tomoniga yugur. Vagon ichiga kirib, haydovchiga mikrofon orqali xabar ber.

Vagonda
  • Agar poyezd yer osti yo’lida (tunelda) to’xtasa, asabiylashma, metropoliten xodimlari va mashinistning barcha ko’rsatmalarini bajar.

  • Yelkangdagi og’ir sumka yoki ryukzakni tushir. Har qanday xavfli holatda poyezd haydovchisi bilan tezkor aloqadan foydalan, tugmani bosib, vagon raqamini ayt, shoshilmasdan qanday vaziyat sodir bo’lganini tushuntir.

Jamoat transportida, metroda bo’lganingda ogoh bo’l!

Egasiz qoldirilgan sumka, paket va boshqa narsalarni ko’rganingda shu zahoti ichki ishlar xodimlariga yoki poyezd mashinistiga xabar ber. 22 Shu narsalar ichida portlovchi moddalar bo’lishi mumkin. Qo’ling bilan tegma, atrofingda turgan odamlarni xavf haqida ogoh qil.

YENGIL AVTOMOBILDA

YENGIL AVTOMOBILDA
  • Agar 12 yoshga to’lmagan bo’lsang, oldingi o’rindiqqa o’tirma. Avtomobilga o’tirganingda, xavfsizlik kamarini taqib olishni unutma.

  • Avtomobilda o’t o’chiruvchi moslama va dorilar turadigan quticha qayerda joylashganligini eslab qol.

  • Harakatlanish vaqtida ogoh bo’l, diqqat bilan yo’lni kuzatib bor.

Agar avtomobil to’qnashuvidan qochib qutula olmasang:
  • Polga oyog’ingni tirab, boshingni qo’ling bilan ushlab ol, xavfsizlik kamarini tortib ol. Orqa o’rindiqda bo’lsang yon tomoninga yot (yonboshla).

Agar sodir bo’lgan avtomobil to’qnashuvi natijasida tashqariga chiqa olmasang:
  • Oldingi va orqadagi oynani oyog’ing bilan itar yoki qattiq jism bilan sindir;

  • Tashqariga chiqqaningdan so’ng boshqalarga yordam ber, moshinadan o’t o’chiruvchi moslama va dorilar qutisini ol.

TEMIR YO’LDA

TEMIR YO’LDA
  • Temir yo’llardan, ayniqsa, temir yo’l kesishmalarida ogohlantirish belgilari qo’yilgan joylarda yurma, o’ynama.

  • Vagonlar tagidan o’tma, piyodalar ko’priklari va o’tish joylaridan foydalan.

  • Platformaga poyezd kirib kelayotganda, platforma chekkasida turma va yugurma.

  • Poyezd batamom to’xtamaguncha vagon oynalaridan boshingni chiqarma.

  • Poyezd harakatlangan vaqtda tamburning tashqi eshiklarini ochma va sakrab tushma.

Пожарная охрана
101
Милиция
102
Милиция
103
Аварийная служба газа
104
Служба спасения
1050