Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida, talabalarga yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazi bilan bog‘liq favqlodda vaziyatlarni kelib chiqish sabablari, ularni oldin olish, shuningdek, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.
Tadbir davomida yong‘in-qutqaruv, avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, suvda qutqaruv hamda maxsus laboratoriyaning texnika va asbob-anjomlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.