Sirdaryo hamda Navoiyda maxsus-taktik  o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati FVB tomonidan tungi vaqtda baland qavatli binolarda hamda Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan “Qizilqum xalqa” avtomobil yo‘lining “Qoraqarg‘a” dovonida maxsus-taktik  o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Unda, FVB qutqaruvchilari tomonidan FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat va yong‘inlar oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib ularning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.