Korrupsiyasiz faoliyat – rivojlanish garovi

FVV Markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Korrupsiyaning oldini olish va komplays nazorat tizimini joriy etish boshqarmasi mas’ul xodimi N.Samandarova ishtirokida harbiy xizmatchilar va xizmatchi xodimlar bilan “Korrupsiyasiz faoliyat – rivojlanish garovi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda shaxsiy tarkibiga yurtimizda bugungi kunda korrupsiyaviy holatlar va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qabu qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va bu borada olib borilayotgan tadbirlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.