FVV “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi sovrindorlari safida

Bugun, 13-dekabr kuni Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi “Eng namunali tuman  va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Quvonarlisi Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi ham “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida faol ishtirok etib, mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan vazirlik, idoralar orasida 3-o‘rinni egalladi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

O‘z navbatida, hamkasblarimizni mazkur yutuq bilan qizg‘in muborakbod etgan holda, kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlariga umid bildirib qolamiz.