Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 29-noyabrdan 2-dekabrgacha O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 29-noyabrdan 1-dekabrgacha respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30-noyabr va 1-dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1-2 dekabrga kelib 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29-noyabr – 1 dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
💢Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.