Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 5-8-noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 7-8-noyabrda kechalari 0-5 daraja iliqni, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqachani, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. 5-6-noyabr kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5-7-noyabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Is gazidan zaharlanishdan ogoh bo‘ling!
💢 Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi.